AsosiyDunyo

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda

AQSHning Kiyevga yordamni qisqartirishi xavfi bor.

'Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Donald Trampning Oq uyga qaytishi fonida Ukraina rahbariyati Rossiya bilan potensial muzokaralarda o‘zining boshlang‘ich pozitsiyasini mustahkamlash uchun harbiy yordam va front chizig‘idagi pozitsiyalarni kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

 "Kelgusi 4-5 oy urushda hal qiluvchi bo‘ladi. Kelayotgan qish juda ham sinovli davr bo‘ladi. Umid qilamanki, urush nihoyasiga yetyapti, endi biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyasini aniqlaymiz", — deya agentlik ismini oshkor etmagan ukrainalik yuqori martabali amaldordan iqtibos keltiradi.

 Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Trampning yangi ma’muriyati Ukrainaga nisbatan qanday siyosat olib borish niyatida ekanligini tushunish uchun asosiy lavozimlarga kimlar tayinlanishini kutmoqda.  Reuters suhbatdoshining tan olishicha, AQSHning yangi prezidenti lavozimga kirishganidan keyin Kiyevga yordamni qisqartirishi xavfi bor.  

"Umid qilamanki, Bayden ma’muriyati yordam ko‘rsatishni tezlashtirish orqali bu xavfdan qochishga harakat qiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.

 Avvalroq Donald Tramp hokimiyatga kelsa, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini "24 soat ichida" tugatishga va’da bergan edi.

    Boshqa yangiliklar