AsosiyJamiyat

Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi

Holatga Korrupsiya agentligi munosabat bildirdi.

'Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi'ning rasmi

Bugun Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushganligi to‘g‘risida xabarlar bergandik. Holat yuzasidan Korrupsiya agentligi munosabat bildirdi. 

Xozirda mamlakatimizda keng ko‘lamli aksilkorrupsiya islohotlari o‘tkazib kelinayotgan bir vaqtda bunday holat sodir etilganligini qabul qilib bo‘lmaydi. 

Asosiy vazifasi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini shakllantirish bo‘lgan organ sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqilgan. 

Xususan, tashkilotlardagi komplayens-nazorat tuzilmalarining maqomi va ma’suliyatini oshirish maqsadida, ushbu tuzilmalar xodimlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bo‘ysinuviga o‘tkazish masalasi shular jumlasidandir. 

Shuni aloxida aytib o‘tish kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi va bundan buyon ham bu ishlar izchil davom ettiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar