AsosiyJinoyat

Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

Ish doirasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan.

'Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

Sal avval Qo‘shrabot tumanida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2024 yil 6 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib, 2 oktyabr kuni bir necha shaxs tomonidan zo‘rlanganligi va ularga qonuniy chora kko‘rishni so‘ragan.

Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlanib, joriy yil 30 oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, joriy yil 31 oktyabr kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.

Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlari davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan va 8 nafar shaxs, shu jumladan Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan, 1 nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.12.2024 16:53

    Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    Erkakka nisbatan 11 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.12.2024 15:56

    Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘smir yigit 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkent viloyatida bir oilani o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak umrbodga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2024 13:33

    'Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2024 15:50

    Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

    U 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

    'Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 17:06

    Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi

    Uning jinoyat sodir etishdagi aybi dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

    'Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 14:47

    Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.