AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyda amaldagi prezident Jo Bayden bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgangan.
"Men Baydenning fikrini bilmoqchi edim va u buni menga aytdi. Bundan tashqari, biz Yaqin Sharq haqida ko‘p gaplashdik. Men uning holatimiz va bu boradagi fikrlarini bilmoqchi edim. U buni baham ko‘rdi", — deya izoh bergan Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u va Bayden bir-birlarini ko‘rganidan xursand bo‘lgan va inauguratsiyadan oldin yana uchrashishni rejalashtirgan.
"Oval kabinet juda ham chiroyli va men u yerga qaytib borishni intiqlik bilan kutaman", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Shuningdek, Tramp yangi ma’muriyat uchun kadrlarni saralash jarayoniga izoh berar ekan, "barchasi muammosiz" ketayotganini aytdi.