AsosiyJinoyat

Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi

Namanganda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi. Namanganda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Sirdaryo viloyatidagi holatda YHXX katta inspektori yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchining ishini uning foydasiga hal qilishni va hodisada jabrlangan yo‘lovchilardan birining tan jarohati bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasini yengillashtirishni va’da qilib, 400 dollar talab qilgan.

Haydovchining buncha puli bo‘lmagan va u huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, inspektor o‘z xizmat xonasida 200 dollarni olayotganida ushlangan.

Inspektorning ishi sudda ko‘rib chiqilgan. U Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil muddatga IIOda har qanday lavozimda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan holatda YPX inspektori “Jiguli” avtomobilini to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarini so‘raganda u qalbaki haydovchilik guvohnomasini taqdim etgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini jarima maydoniga joylashtirgan.

Fuqaro qalbaki haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni tergov organlariga yubormaslik hamda avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 150 dollarni pora sifatida taklif qilgan.

Inspektor fuqaroning bu harakatlari noqonuniyligi va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi to‘g‘risida uni bir necha bora ogohlantirganiga qaramay, fuqaro takroran pora taklif qilib kelgan.

YPX xodimi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan va tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro inspektorga 100 dollar va 600 ming so‘m pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 17:06

    Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi

    Uning jinoyat sodir etishdagi aybi dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

    'Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 14:47

    Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.

    'Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

    Jinoyat 15.11.2024 14:20

    Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi

    Vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

    'Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 14.11.2024 10:16

    Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

    Ish doirasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan.

    'Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2024 09:58

    Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi

    Noqonuniy guruh a’zolariga tegishliligi bo‘yicha 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    'FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 06.11.2024 14:09

    FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi

    DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Andijon viloyatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.