AsosiyDunyo

Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin

Bosh vazir Oqilbek Japarov mutaxassislar tomonidan milliy dastur ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

'Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin'ning rasmi

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh (parlament) yig‘ilishida deputat Balbak Tuloboyev Issiqko‘l yil sayin qurib borayotganini aytib, Vazirlar Mahkamasi rahbaridan ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘radi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi

Bosh vazir Oqilbek Japarov mutaxassislar tomonidan milliy dastur ishlab chiqilayotgani haqida aytdi.

"Qorqiridan Issiqko‘lga suv kelmayapti, Qo‘chqor daryosi ham oldin ko‘lga quyilardi. Dehqonlar buloq suvidan foydalanmoqda. Konferensiyada biz Issiqko‘lni asrash bo‘yicha o‘z rejalarimizni aytib beramiz. Unga butun dunyodan olimlarni taklif qilamiz. Issiqko‘l qurigan Orol dengizi taqdirini takrorlamasligi kerak", - dedi u.

Nashrga ko‘ra, Issiqko‘lni saqlab qolish uchun Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga kamroq suv berishi mumkin. Oqilbek Japarov Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

"Ularga Issiqko‘lni saqlab qolish zarurligi tushuntiriladi", - dedi u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Hizbulloh” omborlaridan Rossiyada chiqarilgan qurollar topildi — OAV'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:42

    “Hizbulloh” omborlaridan Rossiyada chiqarilgan qurollar topildi — OAV

    Qurollar 2020 yilda ishlab chiqarilgani atilmoqda.

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 million dona snaryad yetkazib berdi'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2024 14:41

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 million dona snaryad yetkazib berdi

    Bu haqida YEI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili ma’lum qildi.

    'Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda — JSST'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2024 10:22

    Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda — JSST

    2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

    'Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2024 08:05

    Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi

    Bryansk viloyatiga qilingan hujum G‘arb ziddiyat kuchayishini xohlayotganidan dalolat beradi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

    'Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari 20 foizga ortdi — JSST'ning rasmi

    Dunyo 18.11.2024 11:15

    Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari 20 foizga ortdi — JSST

    Xastalik bir yilda qariyb 107,5 ming insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

    'Yevropa Baydendan ketishdan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘radi'ning rasmi

    Dunyo 15.11.2024 15:48

    Yevropa Baydendan ketishdan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘radi

    Shuningdek, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi.