Bugun, 18 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi binosida Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2 qismi “v” bandi va 104-moddasi 2-qismi “u,l” bandlari bilan ayblanayotgan X.Zaxidovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, X.X.Zaxidov, 2024 yilning 10 iyul kuni soat 14:00 larda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, alkogol mastlik holatida Yangihayot tumani, Do‘stlik MFYda joylashgan “Sobraniya” nomli kafeda o‘zining tanishi 1988 yilda tug‘ilgan R. Ziyayev bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib, uni shisha idishi bilan urib do‘ppsolagan. Natijada tan jarohati olgan R.Ziyayev Yangihayot tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi travmatologiya punktiga murojat qilgan va “quloq orqa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tan jarohatlar borligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bundan tashqari, shisha idishining parchalari shu yerda o‘tirgan 1971 yilda tug‘ilgan E. Raxmanovning o‘ng ko‘ziga kelib tegib tan jarohati yetkazgan.
SSV STE bosh buyurosiing 02.08.2024 yil kunidagi xulosasiga ko‘ra, E.Raxmanovda “o‘ng ko‘zida ko‘rish qobilyatining yo‘qolishi, o‘ng ko‘z olmasi shakli buzilishi, o‘ng ko‘z yuqoriva pastkiqovoqlari yirtilganligi, mexnat qobilyatining 1/3 qismining (35%) turg‘un yo‘qotilishiga ko‘ra, ushbu jaroxatlarning og‘irlik darajasi OG‘IR tan jarohati ekanligini aniqlangan.
Bugun bo‘lib o‘tadigan sud ishida mazkur jinoyat ko‘rib chiqiladi va aybdorga nisbatan sud hukmi o‘qiladi.