AsosiyJamiyat

Ombudsman shikoyatlar asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga egaligi belgilandi

Ombudsman tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning ustidan berilgan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.

'Ombudsman shikoyatlar asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga egaligi belgilandi'ning rasmi

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ-1002-son, 15.11.2024 y.) imzolandi. 

Qonunga ko‘ra, Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, uning shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.

Quyidagilar Ombudsmanning ta’sir choralari hisoblanadi:

➖ogohlantirish;

➖taqdimnoma;

➖iltimosnoma;

➖talabnoma.

Ombudsman qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Ombudsman va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 17:04

    Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi

    Onaning hayoti saqlab qolingan.

    'Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:23

    Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi

    Amaldagi Hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

    'Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:01

    Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda

    Haykalni ko‘chirish yuzasidan Boburshunos hamda oqsoqollar xulosasi olingan.

    'Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 14:51

    Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi

    Ekologiya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reydda saksovulni noqonuniy kesish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari qayd etildi.

    'Narzullo Oblomuradov universitet rektori lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 14:26

    Narzullo Oblomuradov universitet rektori lavozimiga tayinlandi

    Bungacha u Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori edi.

    'Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 13:18

    Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi

    Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayev uning o‘rinbosarlari lavozimiga tavsiya etildi.