AsosiyJamiyat

Jizzaxda 13 yoshli va 4 yoshli opa-singillar mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Qizlar yo‘lning belgilangan qismidan o‘tayotgan bo‘lgan.

'Jizzaxda 13 yoshli va 4 yoshli opa-singillar mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi'ning rasmi

Jizzax viloyati IIB xabariga ko‘ra, joriy yilning 18 noyabr kuni soat 19:30 larda Baxmal tumani hududidan o‘tgan “G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin” 4R-41 yo‘lining 29 km.da Baxmal tumani Qutlug‘obod MFY Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.O “Kobalt” rusumli, avtoulovini O‘smat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar, O‘smat SHFYda yashagan, 2011 yilda tug‘ilgan I. M va uning singlisi, 2020 yilda tug‘ilgan I.K larni urib yuborib,yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. 
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi va 117-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonaga joylashtirilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:50

    'Bugun ham 6 ta viloyatda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 17:04

    Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi

    Onaning hayoti saqlab qolingan.

    'Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:23

    Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi

    Amaldagi Hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

    'Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:01

    Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda

    Haykalni ko‘chirish yuzasidan Boburshunos hamda oqsoqollar xulosasi olingan.

    'Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 14:51

    Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi

    Ekologiya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reydda saksovulni noqonuniy kesish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari qayd etildi.