AsosiyJamiyat

Gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi.

Ilovani Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali yuklab olish mumkin.

'Gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi.'ning rasmi

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Hudud Gaz Ta'minot” mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi.

Ayni paytda iste’molchilar mazkur ilovani Android  hamda iOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita kunlik va oylik kesimida tabiiy gaz iste’molini kuzatib borish, xususan, gaz hisob raqamlariga to‘lov qilish hamda suyultirilgan gaz iste’molchilari o‘z hisoblarini to‘ldirish va biriktirilgan ballonlar ro‘yxatini ko‘rib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilovani yuklab olgandan keyin unga tegishli shaxsiy hisob raqami hamda One ID xizmati orqali ulanish mumkin.

    Boshqa yangiliklar