Ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy metrosi tomonda suv ichida odamning jasadi topilganligi haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz’ga ma’lum qilishicha, joriy yilning 12 noyabr kuni Chilonzor tumani, Beshyog‘och MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Anhor” kanalida rus millatiga mansub erkak kishining cho‘kib ketganligi bo‘yicha xabar berilgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar borib, fuqaroni qidirish choralarini ko‘rgan.
Ertasi kuni (13-noyabr) Uchtepa tumanida yashovchi G.I. 24 yoshli o‘g‘li A.B.ning yo‘qolib qolgani haqida ariza bilan murojaat qilib, 11 noyabr kuni yashash joyidan chiqib ketib qaytib kelmaganini aytgan.
Bugun (20 noyabr) mutaxassislar A.B.ning jasadini GES-4 hududidan topishgan.
Yig‘ilgan hujjatlar tuman prokuraturasiga yuborilgan.