2023 yil boyligi qariyb 120 milliard dollarga oshgan amerikalik tadbirkor o‘z Ilon Mask rekordini yangiladi. Bu haqida Bloombergga tayanib, "zamon.uz" yozmoqda.
Qayd etilishicha, uning boyligi 348 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy yuksaklikka erishdi. Avvalgi rekord 340,4 milliardni tashkil etgandi, bu ham Mask tomonidan 2021 yilning noyabrida o‘rnatilgandi.
Ma’lumot uchun, Maskning eng yaqin raqibi, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 219 milliard dollarga teng.
Maskning boyligi oshishi uning kompaniyalari, xususan Tesla va sun’iy intellekt startapi muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Trampning AQSH prezidentlik saylovidagi g‘alabasi biznesmenning muvaffaqiyati va kompaniyalari qiymatining o‘sishida muhim rolo‘ynagan. Mask Respublikachi nomzodini ochiq qo‘llab-quvvatlagan kam sonli biznes rahbarlaridan biri edi.