Tailand poytaxti – Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan "Pekin+30" sharhlari bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Nurmatova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari D.Muratovadan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu uch kunlik konferensiya BMTning Osiyo-Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda “BMT-Ayollar” tuzilmasi tomonidan tashkil etildi. Anjuman kelgusi yilda nishonlanadigan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining 30 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘tkazildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi so‘nggi besh yil davomida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasini amalga oshirishdagi taraqqiyot darajasini baholashga qaratildi. Bunda gyender tenglikka erishish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishga oid muammolarni hal etish borasidagi ilg‘or tajribalar, saboqlar va ustuvor harakatlar ko‘rib chiqildi va 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish dasturining ayni yo‘nalishlari qay darajada amalga oshirilgani tahlil etildi.
Konferensiya doirasida, shuningdek:
Bunda gender tengligini ta’minlash, ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha erishilgan yutuqlar hamda ustuvor chora-tadbirlarnmuhokama qilindi. Muzokaralarda tegishli davlatlar hukumatlari, fuqarolik jamiyati va yoshlar guruhlari, xususiy sektor hamda ilmiy doiralardan 1 ming 200 dan ortiq delegatishtirok etdi.
BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Salsiya Alishahbana o‘z kirish so‘zida “Ayollar umumiy kelajagimizni belgilaydigan masalalarda yetakchi bo‘lishlari kerak”, deb ta’kidlar ekan, xotin-qizlarni muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini yaratishga chaqirdi. Jumladan, “Biz ayollarertangi kunning yechimlarini dadil ilgari surishlari uchun ularni zarur vositalar, ta’lim va resurslar bilan ta’minlashimiz kerak”, dedi A.Alishahbana.
O‘z navbatida, “BMT-ayollar” tuzilmasining ijrochi direktori Sima Baxus “Pekin+30”sharhining ko‘rib chiqilishi Pekin harakatlar platformasini amalga oshirishni jadallashtirish uchun siyosiy iroda va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish imkoniyatini taqdim etadi”, deb qayd etdi.
Tadbir ishtirokchilari bugungi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida har qachongidan ham ko‘proq qizlar maktabga qatnayotganini e’tirof etdilar. Ma’lum qilinishicha, 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaygan va ayollar siyosat, biznes va rahbarlik lavozimlariga imkon qadar keng jalb etilmoqda.
Ammo, so‘nggi o‘n yilliklarda erishilgan yutuqlarga qaramay, mintaqadagi taraqqiyot sekin va nomutanosib tarzda kechmoqda. Xavflito‘siqlar hanuz saqlanib turibdi. Ya’ni, chuqur ildiz otgan kamsitishlar, jinsiy tafovutga urg‘u berilishi va genderga asoslangan zo‘ravonlikning avj olishi, mehnatga haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlarining noteng taqsimoti, gender tenglikni ta’minlashgasarmoyalarning cheklanishi kabi o‘tkir muammolarjamiyatning barqaror rivojlanishiga to‘sqiqlik qilmoqda.
Tadbir davomida bo‘lib o‘tgan ochiq muhokamalarda turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonning gender tenglikka erishish, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini ta’minlash, siyosat va qaror qabul qilish jarayonlarida xotin-qizlarning vakilligini oshirish, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi tajribasi xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlandi va gender tenglikni ilgari surishning ilg‘or amaliyotlaridan biri sifatida e’tirof etildi.