AsosiyJamiyat

2025 yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi

Inflyatsiya darajasi 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

'2025 yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi majlisida “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar qildi. 

Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qilyapti.

Ta’kidlanganishicha, 2025 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan.

Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolinmoqda. 

Xususan, kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln. sum mablag‘ ajratilmoqda. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar loyihada o‘z aksini topgan.

 Qayd etilganidek, O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati kelgusi yilda 2024-yilga nisbatan 6 foiz va aholi jon boshiga 3251 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, o‘sish sur’atlari sanoatda 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foiz, bozor xizmatlarida 14,5 foiz, qurilishda 14,2 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasi 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.