AsosiyJamiyat

Xiva dehqon bozori savdodan so‘ng chiqindixonaga aylantirilayotgani aniqlandi

Bozor rahbari ishi endi sudda ko‘riladigan bo‘ldi.

'Xiva dehqon bozori savdodan so‘ng chiqindixonaga aylantirilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi respublika ishchi guruhi tomonidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, IIB va Soliq organlari mas’ullari tomonidan Xorazm viloyatida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqdv.

Reyd davomida Xiva shahrida joylashgan Dehqon bozori hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash va noqonuniy chiqindixona tashkil etish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Shuningdek, "Xiva shahri Dehqon bozori" AJ ma’muriyati tomonidan bozor hududida chiqindi to‘plash maydonchasi va maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilmagani kuzatildi. 

Holat yuzasidan mansabdor shaxs bozor AJ rahbari D.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK. ning 91¹-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Sud organlariga yuborildi.

Shu bilan birga, ushbu dehqon bozori hududi "Eko klaster" MCHJ sanitar korxonasiga biriktirilgan bo‘lib, bozor ma’muriyati va ular o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma mavjudligi, biroq ma’muriyat MCHJdan 5 mln so‘m miqdorida qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bozor ma’muriyati rahbari esa bu qarzdorlik bartaraf etilishini ta’kidladi va bozor hududida chiqindi qutilari o‘rnatildi.

Ma’lumot uchun, poligonlarga joylashtirilishi kerak bo‘lgan maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash mansabdor shaxslar uchun BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 mln 500 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. Ushbu holat bir yil davomida qayta sodir etilsa, BHMning 30-50 baravari miqdorida jarima belgilanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '1 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartiblar eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:47

    1 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartiblar eʼlon qilindi

    2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, soliq va davlat xizmatlari sohalarida qator yangi tartib va imtiyozlar amalga oshiriladi.

    'Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.'ning rasmi

    Jamiyat 31.12.2025 10:36

    'Oʻzbekistonning 5 ta oliygohida mualliflik huquqi buzilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 31.12.2025 05:01

    Oʻzbekistonning 5 ta oliygohida mualliflik huquqi buzilgani aniqlandi

    Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida mamlakatning besh ta oliy ta’lim muassasasida mingdan ortiq asar bo‘yicha mualliflik huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

    'Qashqadaryoda Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 31.12.2025 04:17

    Qashqadaryoda Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi.

    Qashqadaryo viloyatida Telegram messenjeri orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug'ullangan shaxslar aniqlandi, ulardan katta miqdorda taqiqlangan moddalar musodara qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2025 14:27

    '"green card" vizalari berilishi vaqtincha toʻxtatildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2025 11:11

    "green card" vizalari berilishi vaqtincha toʻxtatildi

    30 dekabrdan boshlab AQSH Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha viza berishni to‘xtatdi.