AsosiyJamiyat

Toshkentda yuk mashina bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentda yuk mashina bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21  ko‘chasi Qozog‘iston gilamlari do‘koni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan, Q. A. boshqaruvidagi yuk transport vositasi va 1987 yilda tug‘ilgan, I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli  transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

YTH natijasida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar