AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ngarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° iliq bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar