AsosiyJamiyat

Toshkentdagi xonadonlardan birida Yangi yil bayramiga atalgan “paqildoqlar” fosh bo‘ldi

Salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.

'Toshkentdagi xonadonlardan birida Yangi yil bayramiga atalgan “paqildoqlar” fosh bo‘ldi'ning rasmi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga karshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasi fosh qilindi.

Poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan 205 ta qog‘oz qutida 2 turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi fosh bo‘ldi.

Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa  dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 737 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda  holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

  Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 80 dan ziyod bojxona qonunbuzilishi holatlarida 7,5 mln  donaga yaqin pirotexnika vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'So‘nggi 2 oyda O‘zbekistonga qariyb 2 million turist tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:56

    So‘nggi 2 oyda O‘zbekistonga qariyb 2 million turist tashrif buyurdi

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:45

    'Toshkent viloyatida Nexia-2 yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:48

    Toshkent viloyatida Nexia-2 yonib ketdi

    Ҳолат юзасидан расмий маълумот берилди.

    'Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:43

    'Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladilar'ning rasmi

    Jamiyat 21.03.2026 15:08

    Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladilar

    Bahor faslining kirib kelishi va tabiatning uygʻonishi bilan uygʻun ravishda nishonlanadigan qadimiy bayram — Navroʻzi olam munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari, shuningdek, siyosat va jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

    'Prezident milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.03.2026 11:51

    Prezident milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi

    Shavkat Mirziyoyev yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi.