AsosiyDunyo

Tailandning janubida so‘nggi 30 yildagi eng kuchli suv toshqini kuzatilmoqda

O‘zbekiston konsulxonasi tabiiy ofat hududidagi vatandoshlar bilan aloqada bo‘lib turibdi

'Tailandning janubida so‘nggi 30 yildagi eng kuchli suv toshqini kuzatilmoqda'ning rasmi

Tailandning janubiy hududlarida so‘nggi 30 yil ichidaga eng kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA.

Bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘ir oqibatida Tailandning 8 janubiy provinsiyalarining ko‘plab hududlarini suv bosdi, kasalxonalar yopildi, minglab aholi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Hududda transport, jumladan poyezdlar qatnovi butunlay izdan chiqdi.

Suv sathi 1,5 metrgacha ko‘tarilgan Songkla provinsiyasining barcha 16 ta tumanlari tabiiy ofat zonalari deb e’lon qilindi. Mazkur hududda 49 ming xonadon suv ostida qoldi va 95 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi. 2 ta fuqaro vafoti qayd etildi.

Tailand meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon va toshqinlar yaqin kunlarda to‘xtamaydi. Qirollik sharqiy hududlari ham kuchli musson va yog‘ingarchilikka tayyorlanishi lozimligi bildirildi.

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi tabiiy ofat hududidagi vatandoshlarimiz bilan aloqada bo‘lib turibdi. Yordamga muhtoj fuqarolarga mazkur hududni tark etish, ularga tegishli hujjatlar rasmiylashtirish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar