AsosiyDunyo

Tokioda to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilmoqda

Yangi tartib oilaga vaqt ajratish va tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda

'Tokioda to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilmoqda'ning rasmi

Yaponiya poytaxti Tokioda oilaga vaqt ajratish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi.

Bunda xodimlar nafaqat haftasiga to‘rt kun ishlashi, balki bolalar parvarishi uchun qisman ta’til ham olishi ham mumkin bo‘ladi. 

«Ayollar farzand ko‘rish yoki bola tarbiyalash ishlari deb o‘z karerasini qurbon qilmasliklari uchun ish shaklini moslashtiryapmiz», — degan Tokio gubernatori Yuriko Koike.

Ushbu yangi tartib 2025 yilning aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar