AsosiyDunyo

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyadan boshpana topdi — OAV

Avvalroq Suriya prezidenti o‘tirgan samolyot aviahalokatga uchragani taxmin qilinayotgan edi.

'Bashar Asad oilasi bilan Rossiyadan boshpana topdi — OAV'ning rasmi

Suriya prezidenti Bashar Asad oilasi bilan birga Rossiyaga uchib kelgan. Bu haqda «TASS» xabar tarqatdi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Rossiya Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boshpana taqdim etgan.

Kecha, 8 dekabr tongida Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etgan edi. Turli manbalar u o‘tirgan samolyot urib tushirilgani va Asad ham halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqatdi. 

Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Asad Suriyani Rossiya samolyotida tark etgan, Rossiya aviabazasi joylashgan Lataqiyadan uchgan samolyot transponderini o‘chirgan va faqat qo‘nish arafasida uni yoqqan bo‘lishi mumkin. Hozircha Asad va uning oilasining Rossiyada ekani haqidagi xabarlarga Kreml munosabat bildirmadi.

    Boshqa yangiliklar