AsosiyDunyo

Tramp yana AQSHni NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi

U harbiy xarajatlar taqsimotidan norozi.

'Tramp yana AQSHni NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti AQSH va Shimoliy Atlantika alyansining boshqa a’zolari o‘rtasidagi mudofaa xarajatlaridagi farqni "adolatsiz" deb atadi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

"Ular o‘z to‘lovlarini to‘lashlari kerak. Agar bu amalga oshmasa, inauguratsiyadan keyin AQSH-NATO munosabatlarini qayta ko‘rib chiqaman", — deya ta’kidladi Tramp NBC News telekanaliga.

Amerikalik siyosatchi uzoq vaqtdan beri NATO‘ning barcha davlatlari ham mudofaa ittifoqi kelishuvlarida qayd etilganidek, o‘z yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaa xarajatlariga ajratmayotganini tanqid qilib keladi.

Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, NATO mamlakatlari orasida Qo‘shma Shtatlardan tashqari, faqat Polsha va Buyuk Britaniya 1990 yildan beri har yili umumiy YAIMning 2 foizidan ortig‘ini mudofaaga sarflaydi. Germaniyada zaruriy mudofaa investitsiyalarining yetishmasligi taxminan 230 milliard yevroni, Italiyada 120 milliard yevroni, Ispaniyada 80 milliard yevrodan ortiqni tashkil qiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30