AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-434-son, 13.12.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo‘shimcha lavozimi kiritildi.

 Quyidagilar Vakilning asosiy vazifalari etib belgilandi:

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda puxta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish;

O‘zbekiston hamda Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar vazirliklari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning fosh etilishiga ko‘maklashish hamda ushbu yo‘nalishlarda tezkor ma’lumot almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish;

O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konsullik funksiyalarini bajarishga ko‘maklashish;

O‘zbekistonning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hamda ko‘rib chiqish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.