AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 2024 yilda gaz 129, elektr 67, issiq suv 32 foizga qimmatladi

O‘tgan yilda gaz va tok narxi keskin o‘sgani inflyatsiyani 3,6 foizga oshirib yuborgan.

'O‘zbekistonda 2024 yilda gaz 129, elektr 67, issiq suv 32 foizga qimmatladi'ning rasmi

2024 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatda yillik rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Dekabrda oylik inflyatsiya darajasi 1 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari 1,8 foiz, nooziq-ovqatlar 0,4 foiz, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashgan.

Dekabr oyida ayrim mahsulotlar narxi noyabrdagiga nisbatan quyidagicha oshgan:

  • paxta yog‘i — 9,2 foiz;
  • kungaboqar yog‘i — 6,1 foiz;
  • tuxum — 19,5 foiz;
  • mol go‘shti — 0,7 foiz;
  • qo‘y go‘shti — 0,6 foiz;
  • tovuq go‘shti — 1,1 foiz;
  • bodring — 52,7 foiz;
  • bulg‘or qalampiri — 46,5 foiz;
  • baqlajon — 27,7 foiz;
  • pomidor — 22,4 foiz;
  • kartoshka — 6,3 foiz;
  • piyoz — 5,7 foiz;
  • sut — 1,6 foiz.

Dekabrda issiq suv narxi 1,4 foiz, isitish tizimi 1,7 foiz, elektr, gaz va yonilg‘ining boshqa turlari 0,1 foiz ko‘tarildi. 

O‘zbekistonda yillik hisobda energetika tariflari rekord darajada oshirib yuborildi. Jumladan, narxlar 2024 yil dekabr oyida 2023 yil dekabrdagidan quyidagi darajalarda qimmatlashtirildi:

  • gaz — 129 foiz;
  • elektr energiyasi — 67 foiz;
  • issiq suv ta’minoti — 32,1 foiz;
  • isitish tizimi — 36 foiz.

2024 yilda gaz va tok narxi qimmatlashishi yillik inflyatsiyani 3,6 foizga oshirib yuborgan.

2025 yil 1 apreldan elektr energiyasi narxi 24 foiz, gaz 36 foiz, propan 25 foiz, metan 39 foizga oshirilishi belgilangan. Jumladan, elektr va gaz narxlari o‘sishining o‘zi inflyatsiya darajasini 1,8 foizgacha ko‘tarib yuborishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar