AsosiyJamiyat

Bir necha viloyatlarda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etib kelgan turfirmalar fosh etildi

Ularga 75 million so‘mgacha jarima qo‘llanilgan.

'Bir necha viloyatlarda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etib kelgan turfirmalar fosh etildi'ning rasmi

Bir necha viloyatlarda o‘tkazilgan maxsus tadbirlarda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmalarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan “Xurmo travel umra” MCHJ (Saxiy travel) fuqarolarga lisenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etib kelgani aniqlangan.

Qolaversa, Surxondaryo viloyati Denov shahrida “Anor tour” nomi ostida, Toshkent shahri, Chilonzor tumanida “Sokin travel” nomi ostida jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Umra” tadbirini tashkil etib kelgani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan “Xurmo travel umra” MCHJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Shuningdek, “Anor tour” va “Sokin travel” nomlari ostida ishlab kelgan jismoniy shaxslarning hatti-harakatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq tartibot organlariga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini lisenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.