2025 yildagi Xitoy-Yevropa yuk poyezdining birinchi reysi 1 yanvar kuni Sian xalqaro porti (Shensi provinsiyasi) stansiyasidan Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu Xitoy-Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro temir yo‘l yuk tashishlari doirasida Sian shahridan Toshkentga birinchi tezyurar poyezdining ishga tushirilishidir.
Maishiy texnika, to‘qimachilik, kimyo mahsulotlari yuklangan 50 ta standart konteynerli poyezd Xitoy-Qozog‘iston chegarasidagi "Xorgos" nazorat-o‘tkazish punkti orqali davlat chegarasini kesib o‘tib, O‘zbekiston hududiga yetib boradi.
"Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi va boshqa temir yo‘l va bojxona idoralari bilan hamkorlik tufayli Sian shahridan Toshkentga yuk poyezdi qatnovi vaqti 8-10 kundan 5-6 kungacha qisqardi", - ta’kidladi Sian shahri erkin savdo portini qurish va ekspluatatsiya qilish kompaniyasi bosh direktori Yuan Syaotszyun agentlikka bergan intervyusida.
Sian shahridagi "Chanba" xalqaro porti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida Xitoy-Yevropa yuk poyezdlari orqali Sian shahridan Markaziy Osiyo yo‘nalishida jo‘natilgan standart konteynerlar soni 69 ming 655 tani tashkil etib, yillik hisobda 49,8 foizga oshgan.