AsosiyJamiyat

1 fevraldan mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar chiptasi ham oshiriladigan bo‘ldi

Avvalroq, "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chipta narxi 25 foizgacha, boshqa tezyurar yo‘lovchi poyezdlarniki esa 30 foizga oshirilishi xabar qilingan edi.

'1 fevraldan mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar chiptasi ham oshiriladigan bo‘ldi'ning rasmi

2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chipta narxining tarif qismi 10,5% ga oshirilmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi tashish sohada moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida shu bilan birga respublikada inflyatsiya darajasini inobatga olgan holda ushbu qarorga kelingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chipta narxi 25 foizgacha, boshqa tezyurar yo‘lovchi poyezdlarniki esa 30 foizga oshirilishi xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar