AsosiyJinoyat

Kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklandi

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 7 yanvar kuni bola vafot etgan.

'Kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga voyaga yetmagan qizcha tanasidagi turli jarohatlar bilan  yotqizilgan. Tibbiy xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat yeyishi og‘ir va boshqa og‘ir jaroxatlar aniqlangan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 7 yanvar kuni bola vafot etdi.

Tergov vaqtida jinoyat natijasidagi oqibatning o‘zgargani, ya’ni jabrlanuvchi o‘limi jinoyatga huquqiy baho berishga bevosita ta’sir qiladi - ayblovni og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismga qayta malakalash lozim bo‘ladi.

Bu endilikda tergov tomonidan amalga oshiriladi. 
Ish yuzasidan yakuniy qarorni esa sud beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 27 dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB  tomonidan E.Ë ga nisbatan  JKning 126-1-moddasi 7-qismi “b” bandi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chetdan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.12.2024 14:57

    Chetdan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi

    Ular afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

    'Buxoroda “virtual valyutachi” faoliyatiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jinoyat 19.12.2024 14:27

    Buxoroda “virtual valyutachi” faoliyatiga chek qo‘yildi

    17 yoshli yigit 7 oy davomida 4 mingdan ortiq 34 mlrd so‘mlik shubhali vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan hamda vositachilik haqi undirib kelgan.

    'Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.12.2024 16:53

    Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    Erkakka nisbatan 11 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.12.2024 15:56

    Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘smir yigit 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkent viloyatida bir oilani o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak umrbodga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2024 13:33

    'Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2024 15:50

    Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

    U 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.