Xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublikamizning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Qozog‘iston Respublikasiga
Buxoro – Turkiston
Urganch – Aktau
Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali)
Tojikiston Respublikasiga
Samarqand – Dushanbe
Buxoro – Dushanbe
Qirg‘iz Respublikasiga
Andijon – O‘sh
Andijon – Jalolobod
Andijon – Arslanbob
Kosonsoy – Jalolobod
Buxoro – Bishkek
Rossiya Federatsiyasiga
Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva
Urganch – Nukus – Ufa
Nukus – Krasnodar
Toshkent – Ufa
Toshkent – Krasnodar
Xitoy Xalq Respublikasiga
Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi
"Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin" , deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.
Elektron pochta manzili: info@mintrans.uz
Murojaat uchun telefon: +998 (71) 202 05 00 (535), (116), (110).