8 yanvar kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridan Turkiyaga, Antaliya tomon uchayotgan "Airbus A321" samolyoti Oqtou aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Kazinform” agentligi "Air Astana" matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Hodisa texnik sabab, ya’ni markaziy bak yonilg‘i tizimi xavfsizlik qurilmasi nosozligi sabab sodir bo‘lgan.
Qo‘nish jarayoni me’yorida amalga oshirildi.
Olmaotadan ehtiyot qismlar yetib kelishi zarurati tufayli parvoz 9 yanvarga qoldirilgan.
Yo‘lovchilar oziq-ovqat va mehmonxona bilan ta’minlangan.
Antaliyadagi yo‘lovchilar uchun ham shunday choralar ko‘rilmoqda.