AsosiyDunyo

Turkiya Suriyada harbiy operatsiya boshlamoqchi

Turkiya hukumati Suriya va Iroqda terrorchilik tashkilotini tugatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

'Turkiya Suriyada harbiy operatsiya boshlamoqchi'ning rasmi

Anqara Suriyaning yangi hukumatiga terrorchilik tashkilotiga qarshi zarur choralar ko‘rish maqsadi masalani hal qilish bo‘yicha har qanday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chegaradagi harbiy qismlar ehtimoliy operatsiya uchun jangovor shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Turkiye gazetesi xabar bermoqda.

Turkiya hukumati “Terrorsiz Turkiya” shiori ostida harakat qilib, Suriya va Iroqda PKK terrorchilik tashkilotini tugatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Erdo‘g‘an hukumati Suriyaga infratuzilma, energetika, savdo va sog‘liqni saqlash sohalarida yordam berish hamda terrorchilikka qarshi qat’iy choralar ko‘rishni davom ettirmoqda.

Anqara Suriya yangi hukumati rahbari Ahmad ash-Shara’a bilan bir necha bor muzokaralar o‘tkazib, PKK/YPGning tugatilishi bo‘yicha talablarini ochiq bayon qildi.

Terrorchilarni yo‘q qilishning ikki bosqichi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda, Suriyadagi xorijiy terrorchilar mamlakatni tark etishi lozim. Ikkinchi bosqichda, YPGning butun rahbariyati, jumladan suriyalik terrorchilar ham, Suriyani tark etishi kerak. Suriya fuqarolari bo‘lganlari qurollarini topshirib, yangi tizimga integratsiya qilinishi shart.

Ta’kidlanishicha, Turkiya o‘z talablarining bajarilishidan manfaatdor bo‘lgani holda, har qanday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chegaradagi harbiy qismlar jangovor shay holatgaga keltirilgan. Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler Bosh shtab boshlig‘i va qo‘mondonlar bilan Suriya chegarasidagi vaziyatni nazorat qilish va tekshiruv ishlarini o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, Anqara AQSHning “ISHIDga qarshi kurash” bahonasi ostida PKK/YPGni qo‘llab-quvvatlashiga e’tiroz bildirmoqda. Turkiya ISHIDga qarshi kurashni yangi Suriya hukumati nazoratga olishga tayyorligini ta’kidlamoqda va zarur bo‘lsa, ushbu masalada o‘z harbiylarini ko‘makka jo‘natishini ma’lum qildi.

Ayni kunlarda Suriya Milliy Armiyasi ham front liniyasiga PKK/YPGga qarshi og‘ir qurollar va jangchilarni jo‘natdi. Barcha front chiziqlarida jangovor shaylik eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30