Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 16:45 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasi 53-uy qarshisidagi piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan ikki fuqaroni avtomobil urib ketdi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi T.L. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida tartib solingan piyodalar o‘tish joyida o‘zidan oldinda piyodalarga yo‘l berish maqsadida to‘xtagan.1966 yilda tug‘ilgan Z.E. boshqaruvidagi Nissan rusumli avtomashinasining orqa qismiga to‘qnashgan.
Natijada to‘qnashuv zarbidan so‘ng Nissan avtomashinasi qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib ketib yo‘lni kesib o‘tayotgan 2003 yilda tug‘ilgan piyoda A.O‘. va 1992 yilda tug‘ilgan A.Zni urib yuborgan.
YTH natijasida piyodalarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.