AsosiyJinoyat

Samarqandda qo‘lbola spirtli ichimlik sotib, odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Samarqandda qo‘lbola spirtli ichimlik sotib, odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida 5 kishi qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilingan edi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik mahsulotlarini sotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi ( Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar