AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketalar uchirdi

Raketalar Yapon dengiziga tushishidan oldin taxminan 250 kilometr uchib o‘tgan.

'Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketalar uchirdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya 14 yanvar, seshanba kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabiga tayanib xabar berdi.

Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirish mahalliy vaqt bilan taxminan 9:30 da Chagan provinsiyasining Kange hududidan qayd etilgan. Raketalar dengizga tushishdan oldin taxminan 250 kilometr uchib o‘tgan. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan uchirilgan raketalar soniga aniqlik kiritmadi.

Seul uchirishni Pxenyanning navbatdagi provokatsiyasi sifatida baholamoqda. "Qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarning masofasini inobatga olgan holda, odatda, ularning nishoni Janubiy Koreya ekanligiga ishoniladi", — deb yozadi Yonhap.

Birlashgan shtab boshliqlari uchirishni Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi "oshkora provokatsiya" deb atadi va Pxenyan "noto‘g‘ri qaror" qabul qilgan taqdirda to‘liq tayyor turishga va’da berdi. Janubiy Koreya harbiylari yangi uchirmalarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida "kuzatuv va hushyorlikni kuchaytirib, Shimoliy Koreya raketalari bo‘yicha Amerika va Yaponiya tomonlari bilan yaqindan ma’lumot almashganini" qo‘shimcha qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 21:44

    'AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 09:03

    AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi

    Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqargan.

    'AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 19:09

    AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda

    AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi.

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.

    'Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 21:09

    Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi

    Jangarilar poyezd yo‘lovchilarini garovga olganliklarini iddao qilib, o‘z talablari bajarilmasa, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

    'Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 19:58

    Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi

    Muzokaralar Ukraina dronlarining Moskva shahri va viloyatiga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan bir necha soat o‘tgach boshlandi.