AsosiyDunyo

Lavrov Yevropa Ittifoqi va AQSHni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik sulhiga erishishdagi muvaffaqiyatni  o‘zlashtirishda aybladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Kavkaz mintaqa davlatlarining o‘zlari yaqin qo‘shnilari bilan barcha muammolarni hal qilishga majbur bo‘ladigan darajaga kelishi muqarrar.

'Lavrov Yevropa Ittifoqi va AQSHni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik sulhiga erishishdagi muvaffaqiyatni  o‘zlashtirishda aybladi'ning rasmi

Lavrov Yevropa Ittifoqi va AQSHni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik sulhiga erishishdagi muvaffaqiyatni  o‘zlashtirishda aybladi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlarini Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlikka erishishga qo‘shgan hissasini bo‘rttirib ko‘rsatishda aybladi.

“Aftidan, Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasi bo‘yicha amalda kelishib olgan va qolgan ikkita masalani chetlab o‘tish qiyinligi aniq. Biz qaror qilishimiz kerak: yoki ha, yoki yo‘q. Va keyin Yevropa Komissiyasi va Yevropa Ittifoqi yana “biz hozir kelib sizga yordam beramiz” deb gapira boshlaydi. Aslida hujjatni qayerda imzolash - Ozarbayjon va Armanistonning suveren qaroridir. Ammo Bryussel va Vashingtonning ham bunga go‘yoki hissa qo‘shganlarini namoyish etishga urinishlari yana bir bor kim xo‘jayin ekanligini ko‘rsatish istagidan dalolat beradi”, dedi Lavrov.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Kavkaz mintaqa davlatlarining o‘zlari yaqin qo‘shnilari bilan barcha muammolarni hal qilishga majbur bo‘ladigan darajaga kelishi muqarrar. Hozirda bu yondashuv Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, dedi rossiyalik vazir.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar