AsosiyDunyo

Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi

Ularning qiymati taxminan 60 million yevro.

'Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi'ning rasmi

Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib beradi. Havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalar yaqin vaqt ichida yetkazib beriladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Taxminan 60 million yevro qiymatidagi raketalar Germaniya Mudofaa vazirligi zaxiralaridan ajratiladi. Bu kelishuvga Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning Kiyevga tashrifi chog‘ida erishilgan.

Shuningdek, Germaniya yanvar oxirigacha Polshaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Jeshuv shahriga Patriot mudofaa tizimlarini joylashtirishi xabar berildi.

“Biz Jeshuvning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini juda yaxshi tushunamiz, bu hudud ayniqsa Ukrainaga yordam ko‘rsatishda muhim hisoblanadi. Yanvar oyida shaxsan o‘zim Jeshuvga boraman va u yerda Patriot mudofaa tizimlarini ishga tushirilishini ta’minlayman”, — dedi Pistorius Kiyevdagi matbuot anjumanida.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Jeshuvda ikkita Patriot tizimi va 200 nafar nemis harbiylarini joylashtirish rejalashtirilgan. Hozirda Jeshuvda allaqachon norvegiyalik harbiylar brigadasi, NASAMS mudofaa tizimi va to‘rtta F-35 qiruvchi samolyoti joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar