AsosiyJamiyat

Shahrisabzda kanalizatsiya qudug‘ida qolib ketgan ishchilar qutqarib olindi

Avval “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJning bir ishchisi quduqni tozalashga tushgan va yeo‘p suv yutishi natijasida tobi qochib, chiqa olmay qolgan. Sherigi ham yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.

'Shahrisabzda kanalizatsiya qudug‘ida qolib ketgan ishchilar qutqarib olindi'ning rasmi

FVV qutqaruvchilari tomonidan 2 nafar fuqaro qutqarildi, deya xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati. 

Kecha, 15 yanvar kuni soat 10:16 da Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJning 2 nafar  xodimi tozalash maqsadida tushganligi va qaytib chiqa olmaganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, 1 nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan. Shundan so‘ng, uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda shifokorlar nazoratida.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar