AsosiyDunyo

Janubiy Koreyaning hibsga olingan prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi

Yun Sok Yol ikki kundan buyon hibsda saqlanmoqda.

'Janubiy Koreyaning hibsga olingan prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning hibsga olingan prezidenti Yun Sok Yol isyon bo‘yicha ayblovlar yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi. 

Lavozimidan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol ikki kundan buyon hibsda saqlanmoqda. Hozirda sud Yunning advokatlari tomonidan bildirilgan dalillarni tinglamoqda. Advokatlarga ko‘ra, uning hibsga olinishi haqidagi order haqiqiy emas.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Janubiy Koreya politsiyasi prezidentni ikkinchi urinishda hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi. Yun Sok Yolga isyon va vakolatlarni suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. 

Dekabr oyi boshida Yun mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringan edi. Shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda aybladi va 14 dekabr kuni unga impichment e’lon qildi.

Yun Sok Yol prezidentlik vazifalarini bajarishdan chetlatilgan, ammo uni lavozimidan chetlatish uchun impichment Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.

    Boshqa yangiliklar