AsosiySiyosat

O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 million dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlanadi

Prezident shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasini qo‘ydi.

'O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 million dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlanadi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari tibbiyot muassasalarini jihozlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Aholi salomatligini mustahkamlash va davolash sifatini oshirish maqsadida shifoxonalar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Buning uchun budjetdan har yili kamida 100 milliard so‘m ajratilayapti. Shuningdek, o‘tgan yilning o‘zida tibbiyotni yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlash uchun 200 million dollar xorijiy investitsiya, 94 million dollar grant jalb qilindi.

Natijada oldin faqat respublika muassasalarida bo‘lgan kompyuter tomografi, magnit rezonansli tomograf, angiograflar hozir viloyatlarda, o‘nlab tumanlarda ham bor. Bu ixtisoslashgan xizmat aholiga yanada yaqinlashdi, degani.

Joriy yil ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 200 milliard so‘m ajratilgan. Shuningdek, tibbiyotga 370 million dollar xorijiy investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan.

Taqdimotda tibbiyot muassasalarini jihozlash bo‘yicha rejalar bayon etildi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablag‘i evaziga respublikadagi 230 ta tug‘ruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.

Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana shu bankning 13,5 million yevro granti orqali Termiz shahrida o‘quv markazi, talabalar turar joyi quriladi. Bu markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Davlatimiz rahbari jihozlash bu masalaning faqat bir qismi ekani, ularda ishlay oladigan malakali mutaxassislarni hozirdan tayyorlash kerakligini ta’kidladi. Tegishli muassasalardagi shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

Uskunalardan samarali foydalanish ham muhim. Masalan, viloyatlarda angiograflar yuklamasi o‘rtacha 34 foiz. Tomograf bo‘yicha holat ham har xil.

Shu bois, hokimliklar bilan birga, davlat shifoxonalaridagi yuqori texnologik uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36

    'Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Siyosat 06.03.2026 10:26

    Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

    Prezident xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

    'Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:32

    Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi

    Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.