Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 28 yoshli xorijlik ayol ijtimoiy tarmoq orqali ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va O‘sh viloyati IIB hamkorligida o‘tkazilgan internetni monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma tezkor tadbirlar davomida o‘z sahifalarida ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallarni e’lon qilgan Instagram va TikTok platformalarining faol foydalanuvchisi haqida ma’lumotlar olindi.
Ushbu holat bo‘yicha materiallar JKning 332-moddasi (ekstremistik materiallarni tayyorlash, tarqatish)da nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyatlarning yagona reyestrida ro‘yxatga olindi. Ekspertiza materiallari Qirg‘iziston hududida taqiqlangan "Islom davlati" xalqaro terrorchilik tashkilotiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.
Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Sh.N.Sh. ekanligi aniqlandi.
U jihod xarakteridagi audio "nashida"larni ayollarning diniy bosh kiyimi - "niqob"ni reklama qilgan videoga joylab ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilgan va sotgan.
Hozirda ayol vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan, tergov davom etmoqda.