Hindiston hukumati AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 18 mingga yaqin fuqarosini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida shunday qadam qo‘yilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Hindiston va AQSH hukumatlari birgalikda AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 18 mingga yaqin hind fuqarosini aniqlagan. Biroq, bu raqam aslida ancha ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
Hindiston tomonidan bunday hamkorlikka evaziga, yangi AQSH ma’muriyati hind fuqarolari uchun qonuniy immigratsiya kanallarini, jumladan, talabalar vizalari va malakali ishchilar uchun H-1B vizasi dasturini himoya qilishini umid qilmoqda. 2023 yilda ushbu dastur bo‘yicha berilgan 386 ming vizaning qariyb uchdan ikki qismi hind fuqarolariga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 moliyaviy yilda AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 1100 hind fuqarosi deportatsiya qilingan. Bu ko‘rsatkich ilgariga nisbatan o‘sishni ko‘rsatadi.
Shuningdek, 2024 yil oktyabr oyida AQSH 160 ming hind fuqarosini deportatsiya qilgani haqida xabar berilgan. Ikki davlat o‘rtasida qonuniy immigratsiyani yaxshilash va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSH hukumati tepasiga kelganidan so‘ng, boshqa tashabbuslar bilan bir qatorda Amerikani noqonuniy migrantlardan tozalashga kirishgan. Masalan, Bloomberg hisobotiga ko‘ra, Tramp tomonidan imzolangan immigratsiya farmoyishiga ko‘ra, AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan taxminan 80 ming turk fuqarosi o‘z vatanlariga ekstraditsiya qilinishi mumkin. AQSH chegara xavfsizligi bo‘yicha nozir Tomas Xomanning aytishicha, Immigratsiya va bojxona nazorati butun mamlakat bo‘ylab deportatsiya qilish uchun hujjatsiz muhojirlarni hibsga olishni boshlagan.
Abdulloh Sayyid