AsosiyJamiyat

Xovosliklar ichayotgan suv sifatsizmi?

O‘tkazilgan dastlabki laboratoriya tahlillari natijasida ayrim ko‘rsatkichlar belgilangan me’yorlardan yuqori ekanligi qayd etilgan.

'Xovosliklar ichayotgan suv sifatsizmi?'ning rasmi

Holat yuzasidan Xovos tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati va Sirdaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamkorligida o‘rganishlar o‘tkazilgan. 

Natijada, “Xovosobod”, “Gulbahor”, “Qahramon”, “Mustaqillikning 25 yilligi”, “Oqchangal” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda ularning ayrim ko‘chalaridagi xonadonlar va maktablarda ichimlik suvining sifatiga doir tekshiruvlar o‘tkazilgan. 

Jumladan:
 • Totuvlik ko‘chasi, 45-uy,
 • Zomin ko‘chasi, 66-uy,
 • Gulbahor MFY, 6-sonli maktab,
 • Nurchilar ko‘chasi, 12-uy,
 • “Mustaqillikning 25 yilligi” MFY, 17-maktab,
 • Olchazor ko‘chasi, 32-uy,
 • Obod ko‘chasi, 36-uy.

O‘tkazilgan dastlabki laboratoriya tahlillari natijasida ayrim ko‘rsatkichlar belgilangan me’yorlardan yuqori ekanligi qayd etilgan. Shu asosda, Xovos tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan ishchi guruhi tashkil etildi va yuqorida qayd etilgan hududlarda ichimlik suvi tizimlarini yuvish va dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirilgan.

Ko‘rilgan choralardan so‘ng, ushbu hududlardan qaytadan namuna olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazilganda ichimlik suvi sifati sanitariya-gigena talablariga to‘liq javob berishi va aholi tomonidan foydalanish uchun yaroqli ekanligi tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar