Istanbuldagi “Reina” tungi klubida 2017 yilda terakt uyushtirgan O‘zbekiston fuqarosi 40 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Teraktni amalga oshirgan Abdulqodir Masharipovga 2020 yilda tegishli jazo tayinlangan. Biroq u hukm ustidan shikoyat qilgan. Endilikda sud hukmlar qonunlarga zid emas degan qarorga keldi.
Masharipov 39 kishini qasddan o‘ldirishda va 79 kishini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topildi. 2020 yil sentyabrda sud uni og‘irlashtiruvchi holatlar bilan 40 karra umrbod qamoq jazosiga va har bir modda bo‘yicha 1368 yil qamoq jazosiga hukm qildi.
Oliy sud, shuningdek, klubga hujum ishi bo‘yicha turli muddatlarga hukm qilingan yana 31 nafar mahkumning iltimosnomasini ham ko‘rib chiqdi. Ularga nisbatan chiqarilgan hukmlar ham o‘zgarishsiz qoldirildi.