O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniyaning "Times Higher Education" tashkiloti talqiniga ko‘ra, ilk bor dunyoning eng nufuzli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdaO‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, reytingda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 301–400, Muhandislik yo‘nalishida 501–600 o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 601–800 o‘rinlar oralig‘ida o‘z o‘rnini topdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim yo‘nalishida 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida 1001+ o‘rinni egalladi.
Dunyodagi eng nufuzli tabiiy fanlar universitetlari ro‘yxatida Kaliforniya universiteti, Garvard, Stenford va Massachusets texnologiya instituti (MIT) yetakchilik qilmoqda. Eng yaxshi IT universitetlar reytingida Oksford, Kembrij va MIT o‘rin olgan.
"Times Higher Education" reytingda universitetlarni o‘qitish sifati, talabalar va bitiruvchilarning istiqbollari va boshqa parametrlart hisobga olinadi.