AsosiyJamiyat

2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 %ga oshdi - Ombudsman

Ayrim holatlarda bir shaxs nomiga 5-6 ta tijorat banklaridan kreditlar rasmiylashtirilgan.

'2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 %ga oshdi - Ombudsman'ning rasmi

2024 yilda Ombudsmanga fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bog‘liq. Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan. 2023 yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 42 foizga oshgan. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatlarning 60 foizida o‘zini "Click" kompaniyasi yoki Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda, onlayn kreditlar rasmiylashtirgan. Ayrim holatlarda esa bir shaxs nomiga 5-6 ta tijorat banklaridan kreditlar rasmiylashtirilgan.

Ushbu murojaatlar yuzasidan Ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan tijorat banklariga ushbu fuqarolar kredit mablag‘laridan o‘zlari foydalanmaganligi hamda fuqaroviy da’vogar deb topilganligi, shuningdek, aybdor shaxslar topilguniga qadar kredit qarzdorligi hamda unga foizlar hisoblashni to‘xtatib turish yuzasidan topshiriqlar yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 36-moddasida tergovchining o‘z yurituvidagi ish bo‘yicha qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va qarorlari barcha korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekani belgilangan. Lekin, shunga qaramay banklar tomonidan firibgarlik natijasida aldangan fuqarolardan kreditni to‘lash talab qilib kelinmoqda.

Ombudsman tomonidan ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar bo‘yicha fuqarolar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 5 ta da’vo arizalari kiritilib, banklar bilan tuzilgan kredit shartnomalari haqiqiy emas deb topildi. 1 nafar fuqaro nomiga olingan kredit mablag‘lari uning foydasiga qaytarilib, ma’naviy zarar undirilishiga erishildi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:47

    Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi

    Ushbu loyiha doirasida Xitoy, Germaniya, Daniya kabir davlatlardan innovatsion texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

    'Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:18

    Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı

    Ularning 32 nafari jarimaga, 2 nafari esa maʼmuriy qamoqqa olingan.

    '"Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:38

    "Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    IIBB mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    'Россияда Ўзбекистон фуқаролари калтаклангани юзасидан жиноят иши қўзгатилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    'Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?

    Toshkent shahar FVB tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:26

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda

    Hodisa oqibatda bir necha kishi jarohat olgan.