AsosiyJamiyat

"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Bugun Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchiga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.

'"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

Shu yilning 4 fevral kuni Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.

"Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining ko‘magi bilan joriy yilning 4- fevral kuni dunyoga mashhur "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

    Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.

    'Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.