AsosiySiyosat

Kuala-Lumpurda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevni Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

'Kuala-Lumpurda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi'ning rasmi

5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

    Boshqa yangiliklar