Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 13 yoshli qiz "Toʻpalang" daryosiga oqib ketgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning "Afrosiyob" mahallasida yashagan 13 yoshli F.M. daryoga oqib ketganidan soʻng uni qidirish ishlari olib borilgan.
Tekshiruv davomida joriy yil 15 may kuni voyaga yetmagan qiz jasadi Denov tumani "Ittifoq" mahallasi hududidan o'tuvchi Toʻpalang daryosidan topilgan. Tan jarohatlari aniqlanmagan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, oʻlim sababi yuqori nafas yoʻllariga suv kirishi, yaʼni mexanik asfiksiya ekani koʻrsatilgan.






