AsosiyDunyo

Qozog‘istonda 21 yoshli o‘g‘il telefon o‘yini uchun oila a’zolarini o‘ldirdi

Voqeaga oila a’zolari uning telefonini olib qo‘ygani sabab bo‘lgan.

'Qozog‘istonda 21 yoshli o‘g‘il telefon o‘yini uchun oila a’zolarini o‘ldirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Ostona shahrida telefon o‘yini uchun o‘z oilasida qotillik sodir etgan 21 yoshli shaxs haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ostona shahri politsiya departamenti matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, joriy yil 17 yanvar kuni soat taxminan 04:00 da Ostona shahrining 21 yoshli fuqarosi “Free Fire” o‘yinini o‘ynayotgan bo‘lgan va oila a’zolari uning telefonini olib qo‘ygan. Shundan so‘ng u his-tuyg‘ularini boshqara olmagan va g‘azablanib, barcha qarindoshlarining bo‘ynini kesgan. Fojia oilaning barcha a’zolari uyquda bo‘lganida yuz bergan. Oqibatda 1997 yilda tug‘ilgan aka voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch nafar oila a’zosi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Ostona shahri politsiya departamenti mazkur faktni tasdiqladi.

“Gumonlanuvchi – 21 yoshli fuqaro qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirildi. Qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kelishmovchilikka uning qarindoshlari tomonidan berilgan tanbeh sabab bo‘lgan. Hozirda hodisaning tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deb izoh bergan politsiya.

    Boshqa yangiliklar