AsosiyJamiyat

Agar noqonuniy ulanish bo‘lmaganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlagan bo‘lardi — Energetika vazirligi

Iste’molchilar tomonidan noqonuniy ishlatilgan tabiiy gaz haqida tahlil e’lon qilindi.

'Agar noqonuniy ulanish bo‘lmaganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlagan bo‘lardi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda iste’molchilar tomonidan energoresurslar, xususan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘plab fosh etilyapti. Bu, avvalo, sohada raqamlashtirish ko‘lamining kengaygani, qolaversa, tizimda nazorat mexanizmlari takomillashtirib borilayotgani bilan bevosita bog‘liq.

Masalan, “O‘zenergoinspeksiya”ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 1 dekabrdan joriy yil 15 fevralgacha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga oid 167 ta holat aniqlangan. Bu orqali 82 million 158,9 ming kub metr tabiiy gazdan asossiz foydalanilib, davlat manfaatlariga 210 milliard 428,2 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJning bergan ma’lumotiga ko‘ra, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan mazkur davrda 6472 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha 50 million 890 ming kub metr tabiiy gaz uchun 117 milliard 300 million so‘m miqdorida  qayta hisob-kitob qilingan.

Qolaversa, shu vaqt oralig‘ida 4942 dona maishiy gaz ballonida 77,8 tonna (36 ming kub metrga teng) hajmdagi suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olindi.

"Hisobot davrida noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 133 million 84,9 ming kub metr bo‘lib, bu miqdordagi tabiiy gaz 266 ming 170 ta xonadonning qishki davrdagi bir oylik me’yoriy bazasiga tengdir. Qolaversa, agar ushbu gaz resurslaridan oqilona foydalanilganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘lardi.

Ma’lumot o‘rnida: aniqlangan barcha holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, nazorat organlariga yuborilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha Bosh prokuratura, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa tegishli mas’ul idoralar tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:45

    Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi

    Томонлар Россия ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими ишга тушганини тан олди ва жабрланганларга товон тўлашга келишди.

    'Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlangan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlangan

    Surxondaryo viloyatida mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    'Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 16:53

    Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi

    Tantanada san'atkor "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

    'Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 15:16

    'Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 12:51

    Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

    Форумни ўтказишдан кўзланган мақсад нима?

    'Aeroportda "sport oziqasi" niqobidagi narkotiklar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 12:48

    Aeroportda "sport oziqasi" niqobidagi narkotiklar fosh etildi

    Toshkent xalqaro aeroportida sintetik giyohvand moddalarni biologik faol qo‘shimcha ko‘rinishida olib kirishga urinish to‘xtatildi.